Our mission is to ensure the generation of accurate and precise findings.

GET UPDATE

Please enter subscribe form shortcode

10.06.2026

E‘LON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-maydagi PQ-200-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ketring” MChJ rahbariyatining tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish jadvali tasdiqlangan.

Uchrashuvlarni samarali tashkil etish hamda ko‘tarilayotgan masalalarni tezkor ko‘rib chiqish maqsadida tadbirkorlik subyektlaridan uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha murojaatlarini “Ketring” MChJning quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlarini so‘raymiz:

Natalya.Piyanzina@uzairways.com

Murojaatda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:

  • korxona (tashkilot)ning to‘liq nomi;
  • ko‘rib chiqilishi so‘ralayotgan masalaning qisqacha mazmuni;
  • murojaat qiluvchi vakilning F.I.Sh. va lavozimi;
  • bog‘lanish uchun telefon raqami va elektron pochta manzili.

Kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda uchrashuvning sanasi va vaqti haqida murojaatchiga qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.